Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
INSON QADRI — E'TIBOR VA E'ZOZDA!

INSON QADRI — E'TIBOR VA E'ZOZDA!

‼️Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashi raisi tashabbusi bilan “Birdamlik” mahallasida yashovchi keksa faxriy onaxonlar uchun poytaxtimizdagi Islom sivilizasiyasi markaziga madaniy-ma'rifiy sayohat tashkil etildi.

Tashrif davomida ishtirokchilar boy tarixiy merosimiz, Islom sivilizasiyasi rivojiga oid noyob ekspozisiyalar bilan yaqindan tanishdi. Milliy qadriyatlarimizga boʻlgan hurmatini yanada mustahkamladi.

Ayniqsa, markazdagi noyob qoʻlyozmalar, tarixiy yodgorliklar va zamonaviy taqdimot usullari katta taassurot qoldirdi.

Bu kabi tashabbuslar:

🔻 keksa avlodga hurmatni kuchaytiradi

🔻 ma'naviy tarbiyani yuksaltiradi

🔻 jamiyatda hamjihatlikni mustahkamlaydi

Eng muhimi, bunday madaniy sayohatlar orqali inson qadrini ulugʻlash — amaliy mazmun kasb etmoqda.

📱 Instagram (https://www.instagram.com/sergeli_tumani_deputatlari?igsh=MTc4dWh2enNmdWE=) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/share/1Ai4vRKLux/?mibextid=wwXIfr) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@Sergeli_tuman_deputatlari) 📱 Telegram (http://t.me/sergeli_tuman_deputatlari)