Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
"Partiya tashkiloti va deputatlar partiya guruhi"

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahridagi filialida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan O‘zLiDeP Toshkent shahar va tuman Kengashlari raislarining siyosiy va professional malakasini oshirish, deputatlar partiya guruhi faoliyatini jonlashtirish bo‘yicha o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. 

O‘quv-seminarda O‘zLiDeP amalXxiy loyihalar va siyosiy ta’lim markazi rahbari, mas’ullar, tuman, shahar Kengashlari deputatlari, partiya guruhi raislari, partiya a’zolari ishtirok etdilar. 

Seminarda O‘zLiDeP Toshkent shahar hamda tuman Kengashlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tasarrufidagi partiya guruhlari bilan hamkorlikdagi faoliyati, amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar to‘g‘risida ishtirokchilarga to‘liq ma’lumotlar berildi.

Seminarda xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi A.B.Mamanazarovning O‘zLiDeP saylov oldi platformasida belgilangan vazifalar ijrosi, partiya guruhining mahalliy Kengashda amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlari, tadbir va loyihalar xususida, shuningdek, deputat-partiya guruhi a’zosi va faoli tamoyili asosida olib borilishi yuzasidan fikrlarini bildirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 6