Новости

Mahallada aholi farovonligi va bandlik masalalari o‘rganildi

Mahallada aholi farovonligi va bandlik masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputat A.Kamolov hamda kotibiyat mudiri O'.Rajabov deputat sifatida tomonidan “Oqostona ” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida mahalladagi mavjud holat quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilindi:
🔹 barqaror ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbalarini kengaytirish;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.

📊 O‘rganish jarayonida mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirildi.

🇺🇿 Aholi farovonligini oshirish va mahallalarda barqaror daromad manbalarini yaratish — ustuvor vazifasidir.


Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.