Новости

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati D.Djumaboyeva tomonidan Amir Temur mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

➡️O‘rganish davomida mahallada xavfsiz muhitni shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash hamda mavjud muammolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan ishlarning amaliy holati ko‘rib chiqildi.

➡️Shuningdek, fuqarolarning osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, mahalladagi mavjud muammoli masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimini ta’minlash borasidagi hamkorlik ishlari yuzasidan fikr almashildi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratiga olinib, doimiy e’tiborda bo‘lishi belgilandi.

Slide 1 of 1