✅ O‘rganish davomida markaz tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ehtiyojmand fuqarolar va oilalarni aniqlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish hamda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
✅Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash samaradorligi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, ijtimoiy xizmatlarni sifatli va manzilli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅O‘rganish yakunida mavjud masalalarni yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✅Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida doimiy monitoring qilib boriladi.