Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan Farovon MFY hududidagi 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida olib borilayotgan rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari o‘rganildi
O‘rganish davomida muassasada amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, ularning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi
Mazkur loyiha doirasida 7 milliard so‘m mablag‘ evaziga muassasani mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda
Qurilish-ta’mirlash ishlarini joriy yil noyabr oyida yakunlash rejalashtirilgan.