Новости

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova va tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Isroilova tomonidan hududda xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, tadbirkor ayollar bilan suhbatlashilib, ularning faoliyatida uchrayotgan muammo va takliflari o‘rganildi.