Новости

MAHALLADAGI IJTIMOIY MUHIT O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Xushnudbek Rombonberganovich Sultonov tomonidan “Oxunboboyev” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Orzigul Saidmurotova tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy holat, xususan, oilaviy ajrimlar hamda himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan bog‘liq vaziyat tahlil qilindi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan mazkur ko‘rsatkichlarning ortgani mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
🔎 Shu munosabat bilan Kotibiyat mudiri tomonidan mahalla yettiligi, shuningdek, mas’ul korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda xotin-qizlar o‘rtasidagi mavjud muammolarni barvaqt aniqlash, oilaviy nizolarning oldini olish hamda ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlarni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1