Новости

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi a’zosi Mashhurbek Davlatov, “Ma’naviyat targ‘ibot markazi” Tuproqqal’a tuman bo‘limi rahbari- tuman Kengashi deputati Fotima Otaxonovna ishtirokida 1-son politexnikumda yoshlar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbiri doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
💬 Suhbat davomida yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish hamda ularning dunyoqarashini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan qator savollar bilan murojaat qilib, ularga batafsil javoblar oldilar.
🌱 Ma’rifat — jaholatga qarshi eng kuchli quroldir! 

Slide 1 of 1