Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 21-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun mikrokreditlar ajratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar asosida o‘rganildi.