Новости

“Jasorat sinfi” uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi

Keyingi manzilda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tuman hokimining o‘rinbosari A.Xudaybergergenov bilan birgalikda 4-sonli maktabda tashkil etilgan “Jasorat sinfi” faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

🔎 Jumladan, “Jasorat sinfi” oldida barpo etilayotgan saf maydonining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.