35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Saylovchilar fikri – sessiya kun tartibini shakllantirishda muhim omil

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Z. Esirgapova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N. Azimova tomonidan 2026-yilning II choragi yakunlari yuzasidan "Nayman" mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman Ichki ishlar bo‘limi, Soliq inspeksiyasi hamda Iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbarlarining hisobotlari yuzasidan saylovchilarning fikr-mulohazalari o‘rganildi. Sessiyada ko‘tarilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularning takliflari yig‘ilib, tegishli tartibda umumlashtirildi.

Slide 1 of 4