Deputat so‘roviga javob keldi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Gulbaxor Xalikulovaning 2026-yil 22-iyuldagi deputatlik so‘rovi yuzasidan tuman hokimligi tomonidan tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borilib, javob xati taqdim etildi.
Deputat so‘rovida ko‘tarilgan Nayman mahallasi Chamanbog‘ ko‘chasining ichki yo‘llari holati masalasi o‘rganilib, mazkur yo‘llarning ta’mirtalab holatda ekanligi aniqlandi.
Tuman hokimligi tomonidan ma’lum qilinishicha, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari uchun zarur bo‘lgan daryo toshini qazib olishga vakolatli organlar tomonidan ruxsat berilgach, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, ushbu hududdagi yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar ijrosi nazoratda davom ettirilmoqda.