35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati
U. Xolmatov tomonidan Do‘stlik mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish hamda aholining daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shu bilan birga, ayrim ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani kamchilik sifatida qayd etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishsiz fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1