Новости

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Normatov Bunyodkor mahallasida bo‘lib, fuqarolar murojaatlari va aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganmoqda.

Muloqotlar davomida mahalla aholisining taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar belgilab olindi.

Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning muammo va ehtiyojlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Aholining turmush farovonligini oshirish va hududlarda mavjud masalalarni bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1