Новости

Chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.

Chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M. Karimova tomonidan 39-Oilaviy Poliklinika hududida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi sanitariya-tozalik ishlari, chiqindi konteynerlarining holati hamda chiqindilarni olib chiqish xizmatining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi bilan muloqot qilinib, ularning mazkur yo‘nalishdagi fikr va takliflari tinglandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududda sanitariya holatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4