Новости

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Davlat Danayev tomonidan “Yo‘l xarita”da belgilangan vazifalar ijrosi doirasida shahar “Kelajak markazi”da o‘quvchilarni to‘garaklarga jalb etish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida markazda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar, ularning qamrovi, o‘quvchilar ishtiroki hamda yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish, mavjud to‘garaklar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2