Новости

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati mudiri Mastura Salimova tomonidan bozorlarda aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi hamda mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligi, savdo rastalaridagi mahsulotlar zaxirasi va ularning sifati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, bozorlarda tartib-intizomni yanada mustahkamlash hamda aholining sifatli va arzon mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 2