35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda

🏗️ Yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

🏗️ Jumladan, “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida “Navbur” mahallasining Istara qishlog‘ida yangidan barpo etilayotgan 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish va jihozlash jarayoni ko‘zdan kechirildi.

🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, obyektning belgilangan talablar asosida bunyod etilishi hamda loyihaning ijrosi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

🤝 Mazkur loyiha hududda maktabgacha ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish hamda qishloq infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6