35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Huquqiy ma'lumot

#162_ta_qonun

Qonunni o‘rganamiz: “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–682)

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini qonuniy, shaffof va samarali tashkil etishda 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–682) muhim huquqiy asos hisoblanadi. Mazkur Qonun normativ-huquqiy hujjatlarning turlari, ularning yuridik kuchi, ishlab chiqilishi, kelishilishi, qabul qilinishi, e'lon qilinishi va ijrosini tashkil etish tartibini belgilaydi.

📌 Mazkur Qonunning mahalliy Kengashlar faoliyatidagi ahamiyati:
🔹 Kengash qarorlarini qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqish va qabul qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi;
🔹 qaror loyihalarining qonuniyligi, asoslanganligi va yuridik-texnik jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta'minlaydi;
🔹 Kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini ta'minlashga xizmat qiladi;
🔹 qaror loyihalarini tayyorlash jarayonida manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda jamoatchilik manfaatlarini inobatga olish tartibini mustahkamlaydi;
🔹 normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy e'lon qilinishi va ijrosini tashkil etish bo‘yicha yagona tartibni belgilaydi.

Ushbu Qonun normalarini chuqur o‘zlashtirish deputatlarga Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni huquqiy jihatdan puxta tahlil qilish, sifatli va qonuniy qarorlar qabul qilish, shuningdek deputatlik nazoratini samarali amalga oshirish imkonini beradi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1