Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati I. Jumanazarov tomonidan mahallada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalarni joyida hal etish, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari doimiy nazoratga olinib, ularning qonuniy va o‘z vaqtida hal etilishiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.