35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Isoqulov Samarqand mahallasida fuqarolar bilan uchrashib, hududdagi tozalik va obodonlashtirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.

Muloqot davomida xonadonlar va ko‘chalar atrofini ozoda saqlash, chiqindilarni tartibli joylashtirish, yashil hududlarni asrab-avaylash hamda sanitariya qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahallada hashar va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Fuqarolar tomonidan ko‘cha va umumiy foydalanish joylari tozalanib, hududni yanada obod va ko‘rkam qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Slide 1 of 4