#Haftalik_ish_reja_ijrosi
🩺 Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan "Bog‘iobod" mahallasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud muammolar, sohada uchrayotgan dolzarb masalalar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tibbiyot xodimlari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar atroflicha o‘rganildi.
📋 Shuningdek, tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
✅ Bunday uchrashuvlar sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.