📍 Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Qorabog‘” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🗣️ Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Aholini qiynab kelayotgan masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va amaliy choralar belgilandi.
🤝 Deputatlar tomonidan saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, hududdagi muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.