35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan hududdagi oilaviy shifokor punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi, aholi salomatligini asrash, kasalliklarning oldini olish va profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun ijrosini yanada samarali ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar tegishli doimiy komissiyasi muhokamasiga kiritildi.