35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

O‘rganish

6-okrug deputati qurilish ishlari bilan tanishdi

🔰Xalq deputatlari tuman Kengashi 6-okrug deputati T.Xoliqov Dehqonobod MFY hududida joylashgan 21-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan kapital ta’mirlash hamda 310 o‘rinli yangi maktab binosi qurilishi ishlari bilan tanishdi.

🔰Tashrif davomida deputat qurilish ishlarining borishi, sifat talablariga rioya etilishi va obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish masalalari yuzasidan quruvchilar bilan suhbatlashdi.

🔰Suhbat davomida qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, o‘quvchilar uchun zamonaviy hamda qulay ta’lim muhitini yaratish muhim ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 5