35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish

👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

📑 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Zarabog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🌉 O‘rganish davomida Zarabog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida qurilishi boshlangan ko‘prik obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, qurilish ishlarining borishi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda bajarilayotgan ishlarning sifati yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🤝 Deputatlik nazorati davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2