35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Huquqiy ma'lumot

🗣Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№O‘RQ-419, 2017-yil 3-yanvar) mazmun-mohiyatidan:

⏺️Korrupsiya — mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaat yo‘lida qonunga xilof ravishda foydalanish, shuningdek bunday manfaatni taqdim etish bilan bog‘liq harakatlardir.

💬 Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari:

🟢qonuniylik;

🟢fuqarolarning huquq va erkinliklari ustuvorligi;

🟢ochiqlik va shaffoflik;

🟢tizimlilik;

🟢davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi;

🟢korrupsiyaning oldini olishga ustuvor ahamiyat berish;
javobgarlikning muqarrarligi.

💬 Har bir davlat organi va mansabdor shaxs o‘z faoliyatida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishi shart.

💬 Fuqarolar va jamoatchilik korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida tegishli organlarga xabar berish hamda qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashish huquqiga ega.

💬 Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar qonunchilikka muvofiq intizomiy, ma’muriy, fuqarolik-huquqiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.

💬 Halollik — jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevori.

💬 Shaffoflik va ochiqlik — davlat boshqaruvida fuqarolar ishonchini mustahkamlaydi.

💬 Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat — har bir davlat xizmatchisi va fuqaroning fuqarolik burchidir.
🫥Korrupsiyaga qarshi kurashish — faqat davlat organlarining emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasi. Halollik va qonun ustuvorligi taraqqiyotning eng muhim omilidir

Slide 1 of 1