35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Deputatlik faoliyati: "Istiqbol" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan saylov okrugiga qarashli "Istiqbol" mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud holat, aholini qiynayotgan masalalar hamda hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Deputat tomonidan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Aholi tomonidan bildirilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi va ularning ijrosi deputat nazoratiga olindi.

✅ Bunday o‘rganishlar hududlarda aholi manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2