35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

MAHALLADAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. Turayev tomonidan Bahor mahallasida hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ko‘cha boshilari — Hamrayev Sanjar, Parmanov Alisher hamda Elmurzayeva Gulfiniso bilan suhbatlashilib, hududda aholini qiynayotgan masalalar, obodonlashtirish, infratuzilma va boshqa dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda amaliy yechimlarini topish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan hududlardagi muammolarni o‘rganish, aholi bilan muloqot qilish va fuqarolar murojaatlariga yechim topish yo‘nalishidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1