Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratova tomonidan 2026-yil 20-iyul kuniga mo‘ljallangan shaxsiy kunlik ish rejasi asosida belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlanmoqda.
🔹 Ish kuni avvalida kotibiyat xodimlarining davomat nazorati olib borildi, "E-Kengash" tizimi orqali Kengash hamda deputatlar nomiga kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqildi, EDO tizimidagi xizmat xatlari bilan tanishildi hamda ijro uchun tegishli topshiriqlar beriladi.
🔹 Kotibiyat bosh mutaxassislari V. Ro‘ziyev va E. Turayevga kunlik vazifalar taqsimlanib, mahallalar faoliyatini joyiga chiqib o‘rganish, 24 ta masala yuzasidan monitoring o‘tkazish, navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko‘rish, deputatlar yig‘majildlari bilan ishlash, EDO tizimidagi xatlarga javoblar tayyorlash hamda doimiy komissiyalar bayonnomalari va qaror loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha aniq topshiriqlar beriladi.