Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etildi.
🔹 Yig‘ilishda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga oid muhim masalalar muhokama qilindi.
👥 Ekspert guruhi a’zolari tomonidan sohalar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
📝 Shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.