35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

📊Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yillik faoliyati: mahallalar bilan hamkorlik va manzilli deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yilligi davomida hududlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosini samarali nazorat qilish maqsadida muhim tizimli choralar amalga oshirildi.

🔹
28 nafar mahalliy Kengash deputati o‘zlari saylangan okrugdagi 100 ta mahallaga manzilli biriktirildi.

Mazkur tizimning asosiy maqsadi:

✅ mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini doimiy nazorat qilish;

✅ aholi muammolarini joyida o‘rganish va tezkor hal etishga ko‘maklashish;

✅ fuqarolar bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish;

✅ rivojlantirish dasturlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashdan iborat.
🤝 Mahalla — taraqqiyot tayanchi, deputatlik nazorati esa natijadorlik kafolati!