35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Baxtiyorjon Mo‘ydinov “Bobur” MFYda bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasidagi faoliyat bilan tanishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mahalla faollariga korrupsiyaning oldini olish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Mahalla faollari bilan o‘tkazilgan muloqotda deputatlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, shuningdek, fuqarolarning rasmiy axborot manbalari — Telegram, Facebook, Instagram hamda E-Kengash platformalaridan muntazam foydalanishining ahamiyati haqida tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi matbuot xizmati.