Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining doimiy komissiyasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda

📝 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni atroflicha muhokama qilish maqsadida doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi o‘tkazilmoqda.

💼 Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosi yuzasidan Kadastr agentligi Sherobod tuman bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda doimiy komissiya o‘rganishi natijalari to‘g‘risidagi masala muhokama qilinmoqda.

👤 Kadastr agentligi Sherobod tuman bo‘limi boshlig‘i Y. Narquvatov mazkur masala yuzasidan hisobot taqdim etmoqda.

Slide 1 of 3