Новости

Nogironligi mavjud shaxslar uchun belgilangan imtiyozlar o‘rganildi.

Nogironligi mavjud shaxslar uchun belgilangan imtiyozlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 14-Tavois saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati F. G‘oziyeva Tavois mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi mavjud shaxslar holidan xabar olib, ular uchun davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, nafaqa va boshqa imtiyozlarning o‘z vaqtida yetkazilishi hamda amaldagi qonunchilik talablari ijrosi tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

Slide 1 of 3