🚧 NAZORAT TADBIRI AMALGA OSHIRILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q. Raxamov, deputat S. Eshonqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida 75V029 M-39 avtomobil yo‘lining Egarchi–Xatak yo‘nalishida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
📋 Mazkur tadbir 12-iyun kuni bo‘lib o‘tgan doimiy komissiya yig‘ilishida Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi rahbari B. Qulmamatov tomonidan 2026-yil I chorak yakunlari yuzasidan taqdim etilgan hisobotda belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
🔍 O‘rganish jarayonida yo‘l infratuzilmasining holati va amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.