Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💧 Saylovchilar murojaatlari va mavjud muammolar o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva tomonidan “G‘ambur” mahallasida saylovchilarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida Sherobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining mas’ul xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

📌 Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammolar va murojaatlar muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

🔍 Shundan so‘ng deputat hamda mas’ul tashkilot vakillari tomonidan ko‘tarilgan masalalar joyiga chiqib o‘rganildi. Xususan, ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq mavjud holat ko‘zdan kechirilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning asoslari tahlil qilindi.

🤝 O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.

✅ Deputat tomonidan saylovchilar murojaatlari va hududdagi mavjud muammolar doimiy nazoratda bo‘lishi, aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6