Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov tomonidan tumanning Qirg‘oqbo‘yi mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari hamda atrofi hududlarining tozaligi va yoritilishi holati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida:
🔹 ayrim ko‘p qavatli uylarning pod’ezdlari va atrofi namunali darajada saqlanayotgani;
🔹 ayrim uylarning umumiy foydalanish joylarida sanitariya holati talab darajasida emasligi;
🔹 hududdagi asosiy muammolardan biri kanalizatsiya tizimining markazlashmaganligi ekani aniqlandi.
⚠️ Mazkur muammo ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda hamda sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
📨 Muammoni bartaraf etish maqsadida “Xorazm suv ta’minoti” AJ Shovot tumani filiali rahbariga deputat so‘rovi yuborildi.
✅ Masala deputat nazoratiga olindi.