Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov hamda kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tumanning “Yoshlik” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
🔺O‘rganish davomida ijtimoiy xodim G.Saidkarimova tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Davlat ta’minotidagi 15 ta oila va yakka-yolg‘iz 9 nafar fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida ijtimoiy xodim axboroti tinglandi.
🔺Deputat tomonidan ijtimoiy xodim yuritayotgan hujjatlar, murojaatlar bilan ishlash tartibi, ehtiyojmand oilalarning elektron bazasini shakllantirish va yangilab borish ishlari ham o‘rganildi.
🔺O‘rganish natijalariga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning muammolarini hal etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, manzilli ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.