Новости

Maktab sport zalining jihozlanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Qoronqul” mahallasida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabining sport zali holati va sport anjomlari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida sport zalining texnik holati, isitish va yoritish tizimlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi, o‘quvchilar uchun xavfsiz sharoitlar yaratilganligi hamda sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

🔺Shuningdek, maktabda mavjud sport jihozlari va anjomlari, jumladan futbol, voleybol, basketbol to‘plari, gimnastika jihozlari, sport matlari, trenajyorlar va boshqa inventarlar holati o‘rganilib, ularning o‘quvchilar ehtiyojiga mosligi tahlil qilindi. Mavjud anjomlardan samarali foydalanish, ularni saqlash va muntazam yangilab borish masalalari ham muhokama qilindi.

🔺O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, sport zalining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yetishmayotgan sport anjomlari bilan ta’minlash va mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 2