Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🩺 AHOLI SALOMATLIGI — DOIMIY E’TIBORDA

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 23-Kattabog‘ saylov okrugi deputati S. Abdulaxatova tomonidan “Kattabog‘” mahallasi hududida joylashgan 86-sonli oilaviy poliklinikada deputatlik nazorati olib borildi.

🔍 Nazorat davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, dori-darmon ta’minoti, tibbiy jihozlar holati hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

💬 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish hamda aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 5