#tavsiyalar_asosida
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar Mustaqillik MFYda barpo etilayotgan mahalla guzari qurilish ishlari bilan tanishdi.
Ushbu mahalla guzari aholi uchun muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, bu yerda fuqarolarga kundalik xizmatlar ko‘rsatish bilan bir qatorda og‘ir damlarda, ya’ni dafn marosimlarini munosib va tartibli tashkil etish uchun zarur sharoit va xizmatlar ham yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa aholining ortiqcha sarson bo‘lishining oldini olish, marosimlarni milliy urf-odatlarimizga mos ravishda soddalashtirilgan va tartibli shaklda o‘tkazishga xizmat qiladi.
Tanishuv davomida qurilish ishlarining sifati, obyektdagi sharoitlar hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullarga ishlarni sifatli yakunlash va aholiga qulay xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Youtube
E-kengash