Новости

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Vobkent tumanida 2026-yilda mahalla infratuzilmasini yaxshilash orqali xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda aholi bandligini taʼminlashga xizmat qiluvchi loyihalar muhokama qilindi.

📌 Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarorida hududlarda yuqori daromadli va barqaror ish oʻrinlarini yaratish, mahallalarning ixtisoslashuvini kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zamonaviy infratuzilmalarni shakllantirish hamda kambagʻallikni qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

💬 Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 495-sonli qaroriga asosan tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan “drayver” loyiha manzilli roʻyxati xalq deputatlari tuman Kengashi muhokamasiga kiritildi.

🌿 Muhokama qilingan asosiy loyihalardan biri — “Vobkentdaryo” kanali boʻyida zamonaviy sohil boʻyi saylgohini barpo etish loyihasi boʻldi.

📍 Loyihaga koʻra, A.Donish koʻchasidan “Narchoqtepa” qadamjosigacha boʻlgan 1,7 km hududda aholi va mehmonlar uchun qulay dam olish hamda xizmat koʻrsatish maskani tashkil etish rejalashtirilmoqda.

✔️ Loyiha doirasida:
💡 elektr tarmogʻi tortish;
⚠️ 250 kVA transformator oʻrnatish;
➡️ piyodalar va salomatlik yoʻlagi qurish;
🔘 quyosh panelli tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish;
📊 WORKOUT maydonchalari tashkil qilish;
🌳 oʻrindiqlar oʻrnatish;
⬜️ kanalning PK-307 dan PK-324 gacha boʻlgan 1,7 km qismini betonlashtirish ishlari amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.

🏗️ Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida hududning infratuzilmasi yanada yaxshilanib, yangi xizmat koʻrsatish nuqtalari tashkil etilishi, tadbirkorlik rivojlanishi va aholi bandligini taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.
 

Slide 1 of 4