Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📢 “25-may – So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri Sherobod tumanida ko‘tarinki ruhda o‘tdi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib o‘tgan “25-may – So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etishdi.

🎓 Tadbir davomida deputatlar maktabni tamomlayotgan o‘quvchi-yoshlar, ularning ota-onalari hamda ustozlarini samimiy tabrikladilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz bitiruvchi o‘quvchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

🌟 Bitiruvchilarga kelgusida ta’limni davom ettirish, kasb-hunar egallash va Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shish borasida ezgu tilaklar bildirildi.

🏫 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘quvchilar hayotidagi muhim va unutilmas bosqich sifatida ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Slide 1 of 8