🏛 Deputatlik nazorati amalga oshirildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I.Nuriddinov tomonidan Poshxurt mahallasida joylashgan 8-son maktabgacha ta’lim muassasasida deputatlik nazorati amalga oshirildi.
🔍 Nazorat davomida muassasaning bugungi faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti, sanitariya-gigiyena holati hamda tarbiyaviy jarayonlar atroflicha o‘rganildi.
🏫 Shuningdek, muassasada mavjud kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
📌 Deputatlik nazorati doirasida kelgusida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
🤝 Bunday o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy soha rivojini ta’minlash hamda aholining ehtiyojlariga tezkor javob berishga xizmat qiladi