Новости

Kotib

Aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, erta tashxis qo‘yish orqali kasalliklarning oldini olish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani 4-oilaviy poliklinika va O‘zbekiston XDP Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Kurbanova Shoxzoda Nashpanovna tashabbusi bilan “Elobod” mahallasi aholisi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

“Mahallalarda ona-bola salomatligini muhofaza qilish hamda oilalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga qaratilgan salomatlik aksiyasi” doirasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik 4-oilaviy poliklinikada bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida terapevt, kardiolog, nevropatolog, pediatr kabi bir qator soha mutaxassislari tomonidan fuqarolar chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik jarayonida fuqarolarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va zarur hollarda davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bunday tadbirlar aholi salomatligini saqlash va sog‘lom avlodni tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

Slide 1 of 3