🏛 Deputatlik nazorati amalga oshirildi
👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 20-Mexrabod saylov okrugidan saylangan deputat J. Qodirov tomonidan “Mexrabod” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
🏫 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida barpo etilayotgan 350 o‘rinli yangi maktab qurilishi bilan tanishildi.
📍 O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlar hamda yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.