Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 G‘urjak-2 mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov ishtirokida G‘urjak-2 mahallasida deputatlik nazorati tadbiri tashkil etildi.

📋 Tadbir PQ–141-son qarori asosida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida o‘tkazildi.

🏫 Uchrashuv davomida “G‘urjak-2” mahallasida barpo etilayotgan 90 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

🔍 O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda obyektning zamonaviy talablar asosida barpo etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Tadbir yakunida mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va qurilish ishlarini sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4