Новости

Xalq manfaati yo‘lida: Deputat tashabbusi bilan amaliy natijadorlikka erishilmoqda

«Adolat» ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2026-yil 1-may kungi 17 (1585)-sonida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Dilrabо Ochilovaning aholi bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlari yoritildi.

Deputat partiyaning “Muammo bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida “Oybek” mahallasida yashovchi fuqaro Akbar To‘rabekovning murojaatini o‘rgandi. Fuqaro o‘z tomorqasidan samarali foydalanish uchun amaliy yordam so‘ragan.

Deputat tashabbusi va homiylar ko‘magi bilan fuqaroga qishloq xo‘jaligi ishlarini yengillashtirish maqsadida zamonaviy motokultivator topshirildi. Bu kabi sa’y-harakatlar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning daromad manbaiga ega bo‘lishlariga xizmat qilmoqda.